TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Amerika yetakchisining Kongressga murojaatida navbatdagi “umid va o‘zgarishlar”ga doir va’dalarni kuzatish mumkin edi. Ammo amerikaliklar yagona o‘zgarishni kutishmoqda: ular davlat tepasida yangi rahbarni ko‘rishni istashayapti, deb yozadi The Boston Herald sharhlovchisi, RIA Novosti xabariga ko‘ra.
"Amerikaliklarning 70% millat noto‘g‘ri yo‘ldan borapti, degan fikrda. Ular 2016-yilda yirik iqtisodiy inqiroz hamda navbatdagi terrorchilik akti ro‘y bermasligidan umidvor. <…> Bizning millat murosa neligini bilmaydigan, har bir qarori Kongress va Konstitutsiyaga zid bo‘lgan inson tufayli, hech qachon, xuddi hozirgi kabi tarqoq holga kelmagan”, — deb yozadi sharhlovchi.
Obamaning, ayniqsa, tashqi siyosat va milliy xavfsizlik borasidagi xatolari alohida e’tiborga loyiq: “Qo‘shma Shtatlar Yer yuzidagi eng qudratli davlat”, — deb ta’kidladi Amerika prezidenti.
Ammo Yadro bombasini sinovdan o‘tkazayotgan Shimoliy Koreya (bu Obama prezidentligi davridagi uchinchi sinov), Rossiyaning Suriya mojarosidagi ishtiroki, "Islom davlati" (terrorchilik uyushmasi) va Parijdagi teraktlar, shuningdek, ushbu haftada Istambulda ro‘y bergan teraktlar Obamaning ta’kidini katta shubha ostiga qo‘ymoqda. Sharhlovchi Amerika prezidentining ba’zi bir gaplarini, jumladan, “Islom davlati” Qo‘shma Shtatlarga tahdid qilolmasligi haqidagi ta’kidini haqiqatdan ancha yiroq, deb baholadi.
"Obama yashaydigan dunyo – allaqanday afsonaviy joyga o‘xshaydi. U esa nima uchun odamlar hamma narsadan norozi, har narsaga shubhalanishlaridan ajablanadi", — deb yozadi material muallifi.