Siyosatshunos: Tojikiston rahbarining cheklanmagan marotaba saylanishi - hukumat ojizligidan dalolat

© Sputnik / StringerDushanbe shahri ko‘rinishi. Tojikiston.
Dushanbe shahri ko‘rinishi. Tojikiston. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakat ichi va tashqarisida ro‘y berayotgan jarayonlarni nazorat qilish uchun Tojikistonda kuch resursi yetishmaydi, deb hisoblaydi MDH mamlakatlari instituti Qozog‘iston va O‘rta Osiyo bo‘limi rahbari Andrey Grozin.

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Tojikiston prezidentining  cheklanmagan marotaba davlat rahbari etib saylanishi mamlakat o‘ziga ishonmasligidan dalolat beradi, deb hisoblaydi MDH mamlakatlari instituti Qozog‘iston va O‘rta Osiyo bo‘limi rahbari Andrey Grozin, RIA Novosti xabari asosida.

Tojikiston parlamenti juma kuni mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritdi. Unga ko‘ra, endilikda Emomali Rahmon cheklanmagan marotaba mamlakat prezidenti etib saylanishi mumkin.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon. - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon cheklanmagan marta prezident etib saylanishi mumkin

"Bularning barchasi hukumatning o‘ziga bo‘lgan ishonchsizligidan dalolat beradi", — ta’kidladi ekspert RIA Novostiga.

Mutaxassis fikriga ko‘ra, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar — Emomali Rahmonning “shuhratparastligi”dan dalolat emas. "Mamlakat siyosiy tuzumi nihoyatda zaif. Tojikiston — O‘zbekiston yoxud Turkmaniston emas. Mamlakat ichida va tashqarisida ro‘y berayotgan jarayonlarni nazorat qilish uchun Tojikistonda kuch resurslari yetishmaydi”, — dedi Grozin.

Mutaxassisning aytishicha, Tojikistondagi shundoq ham murakkab iqtisodiy ahvol borgan sari yomonlashmoqda.

“Migrantlar borgan sari kam mablag‘ yuborapti, chetga chiqayotgan mehnat muhojirlari soni kamayib ketgan, energetika borasida ro‘y bergan inqiroz, yagona xom-ashyo – xom alyuminiyning narxi tushishi va undan olinadigan daromad hajmi kamayishi… Mamlakat ichki iqtisodi va siyosatining barcha jabhalarida ortga chekinish ro‘y bemoqda”.

Grozinning ta’kidiga ko‘ra, "Mamlakat hukumati ahvolini osoyishta, deb bo‘lmaydi. Har qanday jiddiy chaqiriq yoki real g‘alayon siyosiy tizimni qisqa fursat ichida “ko‘mib tashlashi” mumkin”. "Tojikistonga chet mamlakatlardan faqat Rossiya yordam berishi mumkin. To‘g‘ri, Xitoy bu mamlakat iqtisodiga ko‘plab resurslarni safarbar etdi, ammo bu resurslar mavjud siyosiy tizimni saqlab qolish uchun yetarli darajada emas”, — dedi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0