TOShKENT, 13 yanv — Sputnik, Lidiya Isamova. Tojikiston Respublikasi parlamenti quyi palatasining bir guruh deputatlari mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish taklifi bilan chiqdilar. Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar respublikaning amaldagi prezidenti Emomali Rahmonga davlat rahbari lavozimida umrbod qolish huquqini belgilab berishi ko‘zda tutilmoqda, RIA Novosti, parlamentdagi ishonchli vakildan olingan ma’lumot asosida.
Ushbu borada agentlikka qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilgani yo‘q.
O‘tgan haftada dushanba kuni bo‘lib o‘tgan parlament quyi palatasi deputatlari Kengashida deputatlarga Tojikiston konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish loyihasini o‘rganib chiqish taklif qilingan edi. Deputatlar o‘tkaziladigan umumxalq referendumi sanasini ham belgilashlari lozim edi.
Eslatib o‘tamiz, 1999-yilda kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, mamlakatning bir palatali parlamenti ikki palataliga o‘zgartirilgan edi. 2003-yilgi tuzatishlar esa prezidentlik vakolatini besh yildan yetti yilga uzaytirdi. Natijada, mamlakatning amaldagi prezidenti Emomali Rahmon mamlakat prezidenti lavozimini 2020-yilga qadar bajarishi belgilandi.