Misr TIV: Rossiya bilan “A321” masalasini “yopishga” qaror qildik

© Sputnik / Maksim Grigoryev/TASS/POOL / Mediabankka o‘tishAirbus A321 - Misrda halokatga uchragan Rossiya samolyoti.
Airbus A321 - Misrda halokatga uchragan Rossiya samolyoti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
A321 samolyoti 31-oktabr kuni Sinay yarimorolida halokatga uchragan edi. “Misr va Rossiya A321 samolyoti bilan bog‘liq inqirozni deyarli yengib o‘tdi”, - dedi Misr Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ahmad Abu Zayd.

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik, Margarita Kislova. O‘tgan yilning oktabr oyi oxirlarida yuz bergan A321 aviahalokati Rossiya va Misr o‘rtasidagi aloqalar uzoqlashishiga sabab bo‘lgan edi, RIA Novosti xabari asosida.

Misrda aviahalokatga uchragan A321 layneri. - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: A321 fojiasida Qatar maxsus xizmatining “hissasi” bor

“Hozirda ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar ijobiy tomonga o‘zgarmoqda, tez orada A321 masalasi to‘liq yopiladi”, deb ta’kidladi Misr Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ahmad Abu Zayd.

"Rossiya samolyoti bilan bog‘liq inqiroz yengib o‘tildi, keyingi bosqichda, ushbu masala batamom yopilishiga umid qilamiz”, — dedi TIV vakili.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 31-oktabrida A321  samolyoti bortiga qo‘yilgan bomba tufayli Sinay yarimorolida halokatga uchragan edi. Amalga oshirilgan terakt 224 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Ushbu hodisadan keyin o‘z fuqarolarining xavfsizligidan havotir olgan Rossiya hukumati Misr bilan aviaparvozlarni to‘xtatishga qaror qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0