TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Amerikaning U.S. News and World Report nashri tomonidan tuzilgan “Harbiy tayyorgarlik jihatdan eng kuchli davlatlar reytingi”da birinchilikni AQSh egallagan. Ikkinchi o‘rin – Rossiyaga, uchinchi o‘rin esa – Xitoyga berilgan.
Vashingtonning harbiy harajatlari mamlakat yalpi ichki mahsulot(YaIM)ning 3,5% ni tashkil qilgan bir paytda, Rossiya Federatsiyasi o‘z harbiy ehtiyojlari uchun YaIMning 4,5%ni sarflaydi. Yetakchilar uchligini Xitoy yakunlab bergan bo‘lsa, to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni Germaniya hamda Buyuk Britaniya egallagan.
Reytingdan dunyoning 60ta mamlakati o‘rin oldi. Garchi, O‘zbekiston ushbu ro‘yhatga kiritilmagan bo‘lsa-da, ammo, Global Firepower tuzgan dunyo reytingida 54-o‘rinni egallagan o‘zbek armiyasi Markaziy Osiyoda eng kuchli, deb topilganini e’tirof etish mumkin.
Reyting BAV Consulting kompaniyasi hamda Pensilvaniya universiteti bilan hamkorlikda tuzilgan. Ma’lumotlar 36 mamlakatda o‘tkazilgan so‘rovnoma xulosalariga asoslangan.