O‘zbekiston fuqarolariga Ukrainadagi janglarda qatnashish ta’qiqlandi

© IA "Jaxon"O‘zbekiston armiyasi harbiy xizmatchisi.
O‘zbekiston armiyasi harbiy xizmatchisi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga ko‘ra, moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanish 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Ukraina hududida borayotgan jangovor harakatlarda qatnashadigan O‘zbekiston fuqarolari o‘n yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilinishlari mumkin, Ukrainadagi O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra.

O‘zbekiston armiyasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qurolli kuchlari

Ukrainadagi O‘zbekiston elchixonasi o‘z fuqarolarini Ukraina sharqiy qismida davom etayotgan jangovor harakatlarda qatnashish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Gap shundaki, Ukraina Qurolli Kuchlarida chet elliklar va fuqaroligi yo‘q shaxslar harbiy xizmatni o‘tashlariga rasman ruxsat berilgan. Bu holat Ukrainada jangovar harakatlarda qatnashish uchun mamlakat hududiga kirib kelayotgan chet elliklar soni tobora ortib borayotganiga sabab bo‘lmoqda.

Elchixona ma’lumotlariga binoan, o‘zbekistonliklar tomonidan sodir etiladigan bu kabi harakatlar jinoyat deb tan olinib, fuqarolarning javobgarlikka tortilishlariga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston armiyasi askarlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston armiyasi: yetti muhr ostidagi sir

" O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Yollanish” moddasiga ko‘ra, “Moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanish 5-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi", — deb ta’kidlanadi elchixona xabarida.

"Shu munosabat bilan O‘zbekiston fuqarolariga juda ehtiyotkor bo‘lish va jangovor harakatlarda ishtirok etishdan voz kechish tavsiya etiladi", — deyiladi xabarda.

Ukraina hududida favqulodda vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari, zudlik bilan Kiyev shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0