TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Qobulda chorshanba kuni ro‘y bergan portlash natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana 24 kishi jarohat olgan. Rossiya elchixonasi xodimlari Qobuldagi portlash vaqtida jabr ko‘rmagan, RIA Novosti, Afg‘oniston IIV rasmiy vakilidan olingan ma’lumotlar asosida.
TOLO News telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ham to‘rt kishining halok bo‘lgani, 20 kishidan ortiq kishi jarohatlangani haqidagi xabarni tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, biror bir terrorchilik uyushmasi ro‘y bergan portlash uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgani yo‘q.