OAV: Qobuldagi Rossiya elchixonasi qarshisida portlash yuz berdi

© Sputnik / Alexander Grashenkov / Mediabankka o‘tishQobul shahri.
Qobul shahri. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OAVda berilayotgan ma’lumotlarga qaraganda, Rossiya elchixonasi hamda Qobul parlamenti binosi joylashgan Dor ul-Omon tumanida ro‘y bergan portlash natijasida bir necha kishi halok bo‘lgan.

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik.  Qobuldagi Dor ul-Omon prospektida, Rossiya elchixonasi ro‘parasida minalashtirilgan avtomobil portladi, RIA Novosti, TOLO News ma’lumoti asosida.

Tolibon harakati jangarilari. - Sputnik O‘zbekiston
Pokistondagi hujum uchun "Tolibon" javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi

Telekanal xabariga ko‘ra, hodisa yuz bergan joyga o‘t o‘chirish mashinalari yetib kelgan.

Portlash Rossiya elchixonasi hamda mamlakat parlamenti binosi yaqinidagi Dor ul-Omon saroyida ro‘y bergan.

Hozircha hech qaysi terrorchilik uyushmasi yuz bergan portlash uchun mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olmagan.

Yangiliklar lentasi
0