Pokistondagi hujum uchun "Tolibon" javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi

© Commons.wikimedia / isafmedia"Tolibon" harakati jangarilari.
Tolibon harakati jangarilari. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pokistondagi universitetga bir guruh jangarilar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida, o‘n besh kishi halok bo‘lgan, ellikka yaqin odamlar jarohatlangan. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, politsiyachilar tomonidan ikki jinoyatchi yo‘q qilingan.

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik.  “Tolibon” terrorchilik harakatining Pokiston qanoti, ya’ni,  “Tehrik-i-Tolibon Pokiston” terrorchilari Chorsod shahridagi universitet binosiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi, xabar qiladi RIA Novosti.

Times of India nashri ma’lumotiga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hozirgacha to‘rt nafar jangarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Guvoh: Pokistondagi universitetga uyushtirilgan hujum vaqtida 70ga yaqin talaba otib tashlangan

Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni ertalab, bir guruh jangarilar Chorsod shahridagi universitet binosiga bostirib kirishgan. Politsiya bergan xabarga ko‘ra, hujum uyushtirganlar to‘rt kishi bo‘lgan. Ammo keyinchalik, jinoyatchilar sakkiz nafarga yaqin bo‘lgani haqida xabar tarqala boshladi. Universitet binosida evakuatsiya ishlari amalga oshirildi. Dawn agentligi Edhi Foundation nodavlat gumanitar yordam uyushmasi ko‘ngilli ishchisidan olgan ma’lumotlar asosida, hujum oqibatida 15 kishi halok bo‘lgani, 50ga yaqin inson jarohatlangani haqida ma’lum qilmoqda.

Hujum uyushtirilgan davrda universitet binosida 3 mingga yaqin talaba bo‘lgan. Bundan sal oldin rektor talaba va o‘qituvchilar orasida jabr ko‘rganlar yo‘q ekanligi haqida xabar qilgan edi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, hujum uyushtirilgan vaqtda, universitetda she’riyat tanlovi o‘tkazilayotgan bo‘lgan. Tadbirga 600 kishi mehmon sifatida taklif qilingan.

 

Yangiliklar lentasi
0