TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Qozog‘iston Ukraina tovarlari uchun alternativ yo‘llar qidirmoqda. Xususan, Turkiya, Eron, Turkmaniston va O‘zbekiston orqali avtomobil yo‘llari bilan olib kirish ulardan biridir, dedi Qozog‘iston Tadbirkorlari Milliy palatasi a’zosi Dana Junusova.
Qozog‘iston Rossiyaga Ukrainadan yuk olib chiqish huquqiga ega bo‘lgan Qozog‘iston korxonalari ro‘yxatini berish niyatida. Ushbu korxonalar yuk mashinalari Rossiya hududi orqali to‘siqsiz harakat qilishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda Qozog‘iston quyidagi alternativ yo‘nalishlarni ham o‘rganib chiqmoqda: “Ukraina (Ilichevsk) – Gruziya (Poti/Batumi) – Ozarbayjon (Baku) – Qozig‘iston (Aktau)” va “Ukraina (Ilichevsk) – Gruziya (Poti/Batumi) – Ozarbayjon (Baku) – Qozig‘iston (Aktau)”.
“Ukrainadan Qozog‘istonga eksport qilinayotgan tovarlar bu asosan oziq-ovqat sanoati mahsulotlari, farmatsevtika, mashinasozlik va metallga ishlov berish, qurilish, tog‘-metallurgiya va qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridir”, — dedi Junusova.
2015 yilda 1503 Qozg‘istonlik korxonalar Ukraina bilan tashqi savdo faoliyatini yuritgan.
Biroz oldin Qozog‘iston Moliya vazirligi Rossiya Bojxona xizmati bilan Qozog‘iston korxonalari yuklari to‘siqsiz harakat qilishi haqida muzokaralar olib borgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 1-yanvardan boshlab MDH shartnomasi bekor qilinishi munosobati bilan Ukraina yuk mashinalari uchun o‘z hududidan tranzit o‘tish qoidalarini murakkablashtirdi. Unga ko‘ra Ukraina yuklari faqat Belorussiya hududi orqali, GLONASS bilan jihozlangan avtomobillarda olib o‘tilishi mumkin.