Chiqarilgan hukmdan norozi erkak o‘z og‘zini tikib tashladi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishJinoyatchilarni vaqtincha saqlash izolyatoridagi ayblanuvchi.
Jinoyatchilarni vaqtincha saqlash izolyatoridagi ayblanuvchi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda nomusga tegish jinoyatida ayblangan erkak, chiqarilgan hukmdan noroziligini bildirib, o‘z og‘zini tikib tashladi. Ikki haftadirki, u shunday holatda jinoyatchilar vaqtincha saqlanadigan izolyatorda o‘tiribdi.

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Chiqarilgan hukmdan norozi erkak, jinoyatchilar vaqtincha saqlanadigan izolyatorda o‘z og‘zini tikib tashladi, xabar qiladi Qirg‘iziston Respublikasi ombudsman instituti matbuot-xizmati.

39 yashar erkakning advokati ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlariga ariza bilan murojaat qilgan.

Arizada, Qirg‘iziston Respublikasi Lenin tumani sudyasi 2015-yilning 2-noyabrida jabrdiyda ayol ishtirokisiz hukm chiqargani haqida ta’kidlangan.

Qirg‘iziston Respublikasi Jazoni amalga oshirish xizmati 8-yanvar kuni hibsga olingan erkak ochlik e’lon qilish maqsadida, o‘z og‘zini tikib tashlagani haqidagi xabarni tasdiqladi. Erkak, sudya uni 14-yilga ozodlikdan mahrum qilganidan norozi bo‘lib, shu ishga qo‘l urgani ta’kidlanmoqda.

AQSh dollari. - Sputnik O‘zbekiston
Daniyada ishlash orzusi Bishkeklik ayolga 1000$ga tushdi

 Advokat Jumabekovning ta’kidiga ko‘ra, jabrlanuvchi ayol sudda biror marotaba ishtirok etmagan. Qolaversa, hibsga olingan erkakka qarshi hech qanday e’tirozi yo‘qligi haqida ikki marta ariza yozgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, erkak 26-yanvar, ya’ni to ishi sudda qayta ko‘rilgunga qadar och o‘tirishga qaror qilgan.

"Sudlanuvchining salomatligi joyida", — qo‘shimcha qilishdi muassasada.

Huquqni muhofaza qilish xodimlari ochlik e’lon qilgan erkak bilan uchrashib, unga zarur yuridik yordam ko‘rsatdilar. Ombudsmen Qubat Otorboyev esa bu ishni o‘z nazoratiga oldi.

Yangiliklar lentasi
0