Daniyada ishlash orzusi Bishkeklik ayolga 1000$ga tushdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishAQSh dollari.
AQSh dollari. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chet elda ishlab kelish imkoni uchun firibgar ayol o‘z “mijoz”idan “ma’lum miqdorda mukofot puli” so‘ragan. Pulni qo‘lga kiritgach, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.

TOShKENT, 14 yanv  — Sputnik. Bishkek militsiya bo‘limiga murojaat qilgan qiz, undan katta miqdordagi pulni firibgarlik yo‘li bilan olib qo‘yishgani haqida xabar qildi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.

Jabrlanuvchining so‘zlariga qaraganda, Asal ismli ayol uning ishonchiga kirib, 1 ming 132 dollar pulini olib qo‘ygan. Tergov xulosalari shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘zini “Iroyim” fondi xodimasi sifatida tanishtirgan ayol, soddadil qizga Daniyada ishlab kelishni taklif qiladi. Va hatto, bu borada unga yaqindan ko‘mak berishga tayyorligini aytadi.

Tabiiyki, “sizdan ugina…” naqliga amal qilgan firibgar, “xolis xizmat” uchun “ma’lum miqdorda mukofot puli”ni olgach, majburiyati haqida unutib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.

Ushbu voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Ustasi farang “ish beruvchi” tez orada qo‘lga olindi. 36 yashar Asal Ibrayeva, militsiya xodimlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, shu turdagi bir qator jinoyatlarda aloqadorligi gumon qilinmoqda.

Tergov ishlari davom etmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0