TOShKENT, 20 yanv — Sputnik, Aleksey Bogdanovskiy. Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar Bosh vaziri Odil al-Jubayr qatl qilingan Nimr-an-Nimr shia imomi bo‘lgan degan ma’lumotlarni inkor etdi, xabar qiladi RIA Novosti.
"Nimr an-Nimr — terrorchi bo‘lgan. U din tadqiqotchisi emasdi", — ta’kidladi al-Jubayr CNNga bergan intervyusida. Bosh vazirning so‘zlariga qaraganda, an-Nimr "terrorchilikni oqlagan, jangarilarni yollash va ularga moliyaviy yordam ko‘rsatish singari ishlar bilan shug‘ullangan. U hujumlarni rejalashtirgan va amalga oshirishda shaxsan ishtirok etgan. An-Nimr amalga oshirgan terrorchilik hujumlari oqibatida xavfsizlik xizmati xodimlarining bir qanchasi halok bo‘lgan".
Shia targ‘ibotchisi an-Nimr Saudiya Arabistonini boshqarayotgan sunniylar sulolasining eng ko‘zga ko‘ringan raqibi va tanqidchisi bo‘lgan. Ammo, aksariyat kuzatuvchilarning ta’kidiga qaraganda, shayx an-Nimr hech qachon odamlarni zo‘ravonlikka da’vat qilmagan.
2012 yilda hibsga olingan shia imomi, 2016-yilning yanvarida qatl qilindi. An-Nimr qatli Eron diniy yetakchilarining keskin g‘azabini keltirdi. Natijada ommaviy tartibsizliklar yuzaga kelib, Erondagi Saudiya Arabistoni elchixonasiga hujum uyushtirildi. Bu voqeadan keyin Ar-Riyod Tehron bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatdi.