TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Pokiston shimoli-g‘arbi Xaybar-Paxtunxva provinsiyasi, Chorsod shahridagi universitetga qurollangan shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujum natijasida, o‘n besh kishi halok bo‘lgan, 50dan ortiq kishi jarohatlangan, RIA Novosti Pokiston OAVlari ma’lumoti asosida.
Geo TV telekanali ma’lumotiga ko‘ra, jarohat olganlarning bir qismi og‘ir ahvolda. Politsiya shu vaqtgacha ikki jinoyatchini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan. Hujum uyushtirganlarning aniq soni noma’lum, ular sakkiz kishi bo‘lgan bo‘lishi mumkin, degan taxmin bor, xolos.
Bundan sal oldin, universitet binosi hamda talabalar yotoqxonasida evakuatsiya ishlari amalga oshirilganligi haqida ma’lum qilingan edi. Hodisa ro‘y bergan joyga qutqaruvchi va mamlakat Qurolli kuchlar xodimlari yetib kelishgan. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, voqea joyida ikkita kuchli portlash ham ro‘y bergan.
Daily Pakistan nashriga guvohlarning biri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida universitetning kimyo kafedrasi professori halok bo‘lgan. “Yuzlab talabalar hali ham universitet binosida. Otishma ovozlari eshitilmoqda. Hodisa ro‘y bergan binolar Pokiston qurolli kuchlari otradlari tomonidan qurshab olingan, voqea joyida, harbiy vertolot ham paydo bo‘lgan. Qutqaruvchilar halok bo‘lganlar soni juda ko‘p ekanligini ta’kidlashmoqda”, — xabar qiladi nashr.
Hujum uyushtirilgan davrda universitet binosida 3 mingga yaqin talaba bo‘lgan. Sal vaqt oldin rektor talaba va o‘qituvchilar orasida jabr ko‘rganlar yo‘q ekanligi haqida xabar qilgan edi. Ma’lumotlarga qaraganda, hujum chog‘ida, universitetda she’riyat tanlovi o‘tkazilayotgan bo‘lgan. Tadbirga 600 kishi mehmon sifatida taklif qilingan.