Kino tanqidchisi: Bu yil “Tirik qolgan” barcha Oskar mukofotlarni oladi

Obuna bo‘lish
Kino tanqidchi Daniil Dondureyning so‘zlariga qaraganda, bir necha yildan beri Gollivud butun dunyoni “tarbiyalab, aql o‘rgatib” kelmoqda. Gollivudning bu yilgi darsi “eng qimmatli narsa –odamning o‘zi, davlat emas”.

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik, Mariya Sheludakova. Dunyoning eng nufuzli Oskar mukofotining bu yilgi taqdimot marosimi atrofida shov-shuvlar kun sayin avj olmoqda.

Taniqli rejisser Spayk Li va aktrisa Djada Pinkett-Smitt bu yilgi marosimga qatnashmasliklarini e’lon qilishdi. Bunga sabab oxirgi ikki yil mobaynida Oskar nomzodlari orasida faqat oq tanli aktorlar bo‘lganligi va boshqa irq vakillari bo‘lmaganligidir.

OSKAR 2016 mukofoti - Sputnik O‘zbekiston
Faqat oq tanli akterlardan tashkil topgan “Oskar” nomzodlari ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi

Dondureyning fikriga ko‘ra bu yilgi Oskar nomzodlari tanlashda kino sanoatidagi ma’lum o‘zgarish va oqimlar yaqqol namoyon bo‘ldi. Oldin AQSh Kino akademiyasi filmlarning tashqi estetik sifatlariga va daromadi hajmiga qarab baho berar edilar. 

Endi bo‘lsa, akademiya filmlarni baholash tizimiga muhim o‘zgarishlar kiritdi. Bundan buyon ular filmlarning etik, axloqiy va tarbiyaviy jihatlariga katta e’tibor berishar ekan.  

“Bugun filmlarda ijtimoiy, diniy, etnik va jinsiy adolat va toqatlilikka katta e’tibor berilmoqda. Jamiyatning har qanday kichik guruhlariga ham katta e’tibor berilmoqda”, — dedi kinokritik.

Uning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda Amerika filmlari – dunyoning eng yirik ma’naviy mahsulotidir,  chunki dunyoda sotilayotgan filmlarning  3/2 qismi Gollivudga tegishlidir. Shunday qilib, amerikaliklar butun insoniyat fikrini o‘zgartirmoqchilar. Gollivud butun dunyodagi odamlar ongiga “Eng qimmatli narsa – bu odamning  o‘zi, davlat emas”, — deb, o‘z dunyoqarashini uqtirmoqda.

O‘tgan haftada “Oskar” nomzodlari e’lon qilingan “Tirik qolgan” kartinasi 12 nomnatsiya bo‘icha baholanmoqda. “Telba Maks” esa - 10 nominatsiyada bo‘yicha tanlovda qatnashmoqda. Oldin hech qachon Oskar mukofotiga sazovor bo‘lmagan aktor Leonardo Di Kaprio va rejissor Jorj Miller, bu yil Oskar mukofoti olish ehtimoli katta.

Mening fikrimcha, “Tirik qolgan” filmi barcha Oskarlarni yig‘ib oladi. Bu filmda Di kaprio o‘ynagani uchun yoki uni buyuk operatorlar suratga olgani uchun emas, albatta. Buning sababi film orqali tarqatilayotgan nuqtayi nazarda: “Nima bo‘lganda ham, qanday dahshatli holatlarga tushib qolmasang ham, odam – sen tirik qolish uchun barcha omillardan foydalanish huquqiga egasan. Eng zaruri – bu sen va sening hayoting. Sen hamma narsaga qodir”.

Akter Leonardo Di Kaprio - Sputnik O‘zbekiston
Leonardo Di Kaprio: Vladimir Putin rolini bajonidil uynagan bo‘lardim

Oskar taqdimot marosimi 28-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi eng yaxshi film konkursida “Tirik qolgan”, “Telba Maks: g‘azab yo‘li”,  “Diqqat markazida”, “Bruklin”, “Xona”, “Shpionlar ko‘prigi”, “Pasayish o‘yini” va “Marslik” filmlari qatnashmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0