TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida, “Dostuk” nazorat punkti yaqinida O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarachi qo‘shinlari birgalikda o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazishdi, Qirg‘iziston chegara xizmati xabariga asosan.
O‘quv-mashg‘ulotlari davomida chegarachilar chegarani noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan shartli qoidabuzarni qo‘lga olish, qalbaki hujjatlarni aniqlash, portlovchi moddani topish va qurol yashirilgan maxfiy joyni aniqlash kabi topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarishdi.
Ushbu namunali mashg‘ulotlar, chegaradan noqonuniy ravishda qurol-aslaha, narkotik va portlovchi moddalarni olib o‘tishga qarshi kurashda, ikki mamlakat chegarachi qo‘shinlarining hatti-harakalartini muvofiqlashtirish maqsadida o‘tkazildi.
O‘quv-mashg‘ulotlarida chegara qo‘shinlaridan tashqari Ichki Ishlar, Davlat Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi, Davlat Narkotiklar nazorati qo‘mitasi va Davlat Bojxona xizmatlarining xodimlari qatnashishdi.