TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. VIChga qarshi profilaktika ishlarini olib boruvchi markaz mutaxassislari tomonidan o‘z vaqtida berilgan maslahatlar natijasida, infeksiyani yuqishini oldini olish mumkin, ta’kidlaydi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik salomatligi departamenti rahbari Oleg Salagay.
Bundan sal oldin ommaviy axborot vositalarida, Moskva metropolitenida noma’lum erkak VICh infeksiyasi bilan zararlangan qonli shpris bilan atrofdagilarga “ukol” qilishini aytib, qo‘rqitayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
"Shunday shprisdan ukol qilingan kishi, 24 soat ichida o‘z turar joyidagi VICh infeksiyasining oldini olishda yordam beruvchi markaz mutaxassislariga murojat qilib, zarur maslahatlarni olishi lozim. Vahima qilishga hojat yo‘q, sababi, mutaxassislar tomonidan berilgan maslahatlarga to‘liq amal qilingan taqdirda, VICh infeksiyasini yuqtirib olish xavfi bartaraf etilgan bo‘ladi”, — xabar qiladi Salagay.