TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Sobiq davlat sekretari, prezidentlikka nomzod Xillari Klinton agar AQSh uchun kerak bo‘lsa, Rossiya bilan munosobatlarni qayta boshlashga tayyor ekanligi ma’lum qildi, RIA Novosti xabariga asosan.
2009 yilda bo‘lgani kabi, Rossiya va AQSh munosobatlarini qayta boshlash haqidaga savolga demokratik partiya vakili Klinton “Bundan qanday foyda olishimga bog‘liq”, — deb javob berdi.
Klinton, 2009-yilda AQSh va Rossiya munosobatlarini qayta boshlashidan, AQSh bir necha yutuqlarga erishganini esga soldi: Afg‘onistonga harbiy yuklar tranzitiga ruxsat, yadro qurolini cheklash haqidagi kelishuv va Eronga qarshi sanksiyalar haqida kelishib olishgan edi.
AQSh prezidentligiga yana bir nomzod Berni Sandersning fikriga ko‘ra AQSh terrorchilikka qarshi kurash o‘rniga haliyam SSSR bilan “sovuq urushni” davom ettirmoqda.
“Afsuski bizning mudofaa budjetimizning (600 mlrd $) asosiy qismi Sovet Ittifoqi bilan sovuq urushga qaratilgan. Uning juda kam qismi — 10 % dan kami – “Islom davlati” va xalqaro terrorizm bilan kurashga sarflanmoqda”, — dedi Sanders.
Berni Sanders Respublikachilar partiyasi vakili bo‘lib, hozirgi kunda u Klintonning asosiy raqibi hisoblanmoqda. AQSh prezidenti saylovi 2016-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.