Samolyotda uchish va qo‘nish vaqtida suratga olish ta’qiqlandi

Obuna bo‘lish
Ushbu ta’qiq havo kemasi bortida yo‘lovchining o‘zini tutish Qoidalariga kiritildi.

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi yo‘lovchilariga samolyotning uchish va qo‘nish, boshqarilish davomida bortda foto- va videosyomkalarni o‘tkazish ta’qiqlandi, xabar qiladi «Gazeta.uz».

O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi samolyoti. - Sputnik O‘zbekiston
Havo yo‘llari Moskvaga yo‘nalishida maxsus tariflar muddatini uzaytirdi

Ushbu ta’qiq, parvozlar xavfsizligi bo‘yicha Davlat nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Tolib O‘ljayevning 8-yanvardagi buyrug‘iga asosan havo kemasi bortida yo‘lovchining o‘zini tutish Qoidalariga kiritilgan.

 Elektron uskunalar va aloqa vositalaridan foydalanishni ta’qiqlovchi qoida bandiga quyidagicha aniqlik kiritildi: “Havo kemasining yurish, ko‘tarilish va qo‘nish vaqtida elektron va aloqa vositalaridan foydalanish, jumladan, samolyot bortida turib foto suratga va videotasvirga olish man etiladi”.

Yangiliklar lentasi
0