TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. “O‘zbekiston Havo yo‘llari” maxsus chegirmali chiptalar sotish va ularning amal qilish muddati uzaytirilganini e’lon qildi.
Yangi shartlarga ko‘ra, Moskva va O‘zbekiston shaharlari orasidagi qatnovlar uchun maxsus, chegirmali chiptalar sotish muddati 29-fevralgacha va ushbu chiptalar amal qilish muddati 2016-yil 20-mayga qadar uzaytirildi. Oldingi shartlarga ko‘ra, chiptalar sotish muddati 2016-yil 20-yanvargacha va ularning amal qilish muddati 31-martgacha edi.
Tariflar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Farg‘ona, Namangan va Andijon shaharlaridan Moskvaga yo‘l olganlar uchun amal qiladi.
Termiz—Moskva yo‘nalishida bir tomonga minimal tarif – 118 yevro, borish-qaytish yo‘nalishida minimal tarif – 246 yevroga teng.
Boshqa shaharlarda bir tomonga minimal tarif – 109 yevro, borish-qaytish yo‘nalishida minimal tarif – 224 yevro.
Reys amalga oshirilgach, chiptalar qaytib olinmaydi. Chipta almashtirilganda, yoki boshqa sanaga ko‘chirilganda 50 yevro miqdorida jarima undiriladi.
Aviachiptalar sotuvi chet el valyutasi – AQSh dollarida amalga oshiriladi.