TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Shetsin shahrida Qizil armiyaga minnatdorchilik ramzi sifatida o‘rnatilgan yodgorlik bulg‘angani sababli, Moskva Polshaga qat’iy norozilik bildirdi, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra.
"Polsha tomonga qat’iy norozilik bildiramiz”, — deyiladi muassasa xabarida.
“Memorialning dastlabki holatini tiklashni, aybdorlarni topib, jazolashni qat’iy talab qilamiz. Kelajakda bu kabi holatlar boshqa takrorlanmasligi uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rishingiz lozim”, — ta’kidlagan TIV.