TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obama Luiziana shtati poytaxti Baton-Rujga tashrifi chog‘ida, shahar nomini adashtirib qo‘ydi, RIA Novosti, The Washington Times xabari asosida.
"Rahmat, Yangi Orlean!" – dedi o‘z nutqini yakunlar ekan, Obama Baton-Ruj ahliga qarata.
The Washington Times nashrida yozilishicha, chorshanba kuni Obama, Nebraska shtati Omaxa shahrida chiqish qilayotib, “AQSh tashkil etilganiga mana 250-yil to‘ldi”, — deb ta’kidlagan. Vaholanki, 2015-yilda mamlakat o‘z Mustaqilligining 239-yilligini nishonlagan edi.
Chorshanba va payshanba kunlari Nebraska va Luiziana shtatlariga tashrif uyushtirgan Barak Obama oddiy xalq bilan Kongressga murojaatini muhokama qilgan. Obama seshanba kuni kechqurun AQSh prezidenti lavozimida so‘nggi bor Kongressga murojaatini yo‘llagan edi.