TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Chet el mamlakatlari hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari diplomatik vakolatxonaga murojaat qilib, eski namunadagi pasportini biometrik pasportga almashtirib olishlari shart.
O‘zbekiston fuqarolari nobiometrik pasport bilan o‘z vataniga qayta olmaydilar, xabar qiladi Respublika Tashqi ishlar vazirligi o‘zining Facebookdagi sahifasida.
TIV axborot-xizmati O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2011-yilgi Farmoniga muvofiq, nobiometrik pasport 2015-yil 31-dekabrdan boshlab o‘z amal qilish muddatini yo‘qotganligini yana bir bor eslatib o‘tdi. O‘zbekiston TIV bu haqda boshqa davlatlarni ham xabardor qilgan.
12 yanvar, seshanba kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi endilikda o‘zbekistonliklar Rossiya hududini biometrik pasportsiz tark eta olmasliklari haqida ta’kidlagan edi. Aniqlik kiritilishicha, agar O‘zbekiston fuqarosi Rossiya chegarasini eski namunadagi pasport orqali kesib o‘tishga harakat qilsa, u reysdan qoldiriladi. Va unga jarima belgilanadi.