TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. 12 yanvar kuni Istambulda ro‘y bergan portlash o‘n kishining hayotdan olib ketdi. Yuz bergan terakt turkiyalik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida katta shov-shuvlarni keltirib chiqardi. Odamlar mamlakat xavfsizlik xizmati xodimlarining samarasiz faoliyatidan tortib,ma’lum sabablarga ko‘ra, portlash haqida yozmaslikka qaror qilgan turk ommaviy axborot vositalariga nisbatan o‘z g‘azabdaligini yashirib o‘tirmadilar.
Quyida ijtimoiy tarmoqlardagi bir qator izohlarni keltirib o‘tamiz.
"Istambuldagi portlash… Fikrimcha, tashqi kuchlar tomonidan Turkiyaning turizm sohasiga zarba berish maqsadida amalga oshirilgan qabihlik… Umid qilamanki, ularning bu yovuz rejasi amalga oshmaydi…", — deb yozgan o‘z Twitterida Anqara meri Ibrohim Melix Gokchek.
Ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari merning izohiga “noo‘rin qo‘llanilgan behayolik” deya baho berdilar.
"Qancha odam halok bo‘ldi, siz esa pul haqida gapirasiz… Insofingiz bormi o‘zi…", — deydi merning izohiga javoban PROMETHEUS@serkanacar007 niki ostidagi foydalanuvchi.
"Turkiyaga qarshi amalga oshirilgan xoinona hujumni keskin qoralayman", — deb yozadi Turkiya sobiq prezidenti Abdulla Gul.
"Qoralaysiz? 35-yil ichida Turkiya katta yong‘inga aylandi. Nima uchun siz begunoh odamlarning hayotini saqlab qololmadingiz?" —deydi Abdulla Gulga javoban SOMA UNUTULMAZ@izmircandiir.
"Aytishlaricha, portlashda nemis sayyohlari halok bo‘lgan", — deb yozadi ünsal yeşilyurt@Unsal61.
"Nima uchun sayyohlar joylashgan tumanlarda xavfsizlik choralari kuchaytirilmaydi? Alloh, Turkiyani o‘z panohingda asra", — deydi @DirtiestSprite.
Turkiyadagi barcha nashrlarda ro‘y bergan terakt tafsilotlari deyarli yoritilmaganligi, foydalanuvchilarning qahr-g‘azabini qo‘zg‘adi.
"Turkiya televideniyesi jim turgan bir paytda, jahon OAVlari Istambuldan turib to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqdilar".
"Istambul markazida portlash yuz berdi. Show TVda esa taom tayyorlash haqida ko‘rsatuv berib borildi, ATVda – Muge Anli (Müge Anlı, o‘z qarindoshlarini topishni istagan odamlar haqidagi ko‘rsatuv boshlovchisi – tahr.) ko‘rsatuvi namoyish etildi, TV8da esa – tanishuv tok-shousi berib borildi. Aql bovar qilmaydi".
"Ta’qiqlashdi-ku (Turkiya rahbarlari Istambuldagi portlash haqida ma’lumotlar berilishini ta’qiqlagan edilar, tahr.)… Hammasi chalkash-chulkash…"
"Ha, Turkiyada “ta’qiq” “tez yordam”dan tezroq ishlaydi".
"Biz shiddat bilan jarlik sari harakatlanayotgan poyezddamiz. Poyezdni boshqarayotganlar, yo‘nalishni o‘zgartirish o‘rniga, jarlikka qarab ketayotganimiz haqida aytmoqchi bo‘lganlarning og‘zini yopishga harakat qilyapti…", — deb yozadi turk shoiri va yozuvchisi Ahmad Umid.
Seshanba kuni Istambulning Sultonahmad tumani markaziy maydonida kuchli portlash ro‘y berdi. Hodisa yuz bergan vaqtda maydonda bir guruh sayyohlar bo‘lishgan. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, o‘n kishi nobud bo‘lgan. Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovuto‘g‘li teraktni amalga oshirgan kamikadze-terrorchi “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi a’zosi bo‘lganini ma’lum qildi.