TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Stambulning markaziy maydonida portlash yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda 10 kishi qurbon bo‘lgan, 15 kishi yaralangan, RIA Novosti NTV telekanali xabariga asosan.
Portlash sababi hozircha noma’lum. Taxmin qilinishicha, Istambul markazi Sultonahmet maydonida xudkush terrorchi o‘zini o‘zi portlatib yuborgan. Voqeaning boshqa tafsilotlari aniqlanmoqda.
Voqea sodir bo‘lgan joyga ko‘plab politsiya va tez yordam mashinalari yetib kelgan.