TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Pokistonning Belujiston viloyati, Kvetta shahrida, aholini poliomelitga qarshi vaksinatsiya qilish markazi yaqinida sodir bo‘ldi. Kamida 15 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Frans Press xabariga asosan.
Mahalliy OAVlar xabar berishiga ko‘ra, portlovchi moslama poliomelit kasalidan davolash markazi yaqinida aholini vaksinatsiya qilish vaqtida ishga tushirilgan. Portlatishdan maqsad politsiya xodimlari bo‘lishi mumkin.
“15 kishi qurbon bo‘ldi, ulardan 12 kishi politsiya xodimlari, yaralanganlar soni yn kishini tashkil qildi, ular orasida ham huquqni saqlash xodimlari bor”, — dedi axborot agentligiga mahallliy politsiya vakili.
Voqea tafsilotlari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pokistonning Kvetta shahri Afg‘oniston chegarasiga yaqin shaharlardan biri bo‘lib, xalq orasida u tolibon jangarilarining "dam olish maskani" deb nom olgan. Bir necha oy oldin aynan Kvettada tolibon rahbari mulla Axtar Mansur o‘ldirilgan edi.