Istambulda portlash sodir etgan terrorchining shaxsi aniqlandi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov.Ekstremistlarni ushlash bo‘yicha maxsus operatsiya.
Ekstremistlarni ushlash bo‘yicha maxsus operatsiya. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Istambul markazida portlash sodir etgan terrorchi 1988-yilda tug‘ilgan Suriya fuqarosi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Istambul markazida sodir etilgan, 10 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlash Suriyalik terrorchi tomonidan sodir etilganligi ma’lum bo‘ldi, ta’kidladi Turkiya Bosh vaziri No‘mon Qurtulmush Istambuldagi hodisa yuzasidan  o‘tkazilgan favqulodda yig‘indan so‘ng Anqaradagi brifing davomida.

Istambul ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston
Istambul markazidagi portlashda 10 kishi qurbon bo‘ldi 15 kishi yaralandi

"Portlash 1988-yilda Suriyada tug‘ilgan kamikadze-terrorchi tomonidan amalga oshirilganligi isbotlandi. Hodisa joyida uning tana bo‘laklari topildi", — dedi Qurtulmush.Bosh vazir chiqishi CNN Turk telekanali tomonidan translyatsiya qilindi.

Darvoqe, portlash sodir etilgandan ko‘p vaqt o‘tmay, terraktga doir har qanday turdagi ma’lumot: xabar, intervyu, tanqid va shu kabi maqolarlar davriy nashrlar, televidenie, radio, internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi Turkiya hukumati tomonidan ta’qiqlandi. Hukumat qarori e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kirgan, bu haqda barcha turk OAVlari ogohlantirilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0