Namanganda ekstremistik g‘oyalar targ‘ibotchilariga sud hukmi o‘qildi

© fotoliaKishan solingan qo‘llar
Kishan solingan qo‘llar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘rt fuqaroga ekstremistik mazmundagi adabiyotlarini tarqatgani uchun yetti yildan sakkiz yilgacha qamoq jazosi belgiladi.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Namangan viloyati sudi to‘rt nafar fuqaroga  “Turkiston islom harakati” terrorchilik guruhi adabiyotlarini tarqatgani uchun yetti yildan sakkiz yilgacha qamoq jazosi belgiladi, huquni saqlash organi vakili ma’lumotiga qaraganda.

Sudlanganlar disk va flesh-kartalarda “TIH” va “Islom xalifaligi” tuzishni targ‘ib qiluvchi, aholini Afg‘oniston, Pokiston va Turkiyaga chiqib jangarilarga qo‘shilishni targ‘ib qiluvchi matnlarni tarqatganlar. Tergov ma’lumotlariga qaraganda, sudlanganlar “TIH” ta’siriga Rossiyada ishlab yurgan vaqtlarida tushib qolgan.

O‘zbekistonda “TIH” a’zolari va ularga tarafdor shaxslar tez tez huquqni saqlash organlari e’tiboriga tushib turadi. Ushbu yilning avgust oyida Navoiy shahridan bir fuqaro ham ekstremistik tushunchadagi aadabiyotlarni kontrabanda qilganligi uchun olti yil qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Shtab-kvartirasi Afg‘onistonda joylashgan “TIH” 1996-yilda Afg‘onistonda tashkil qilingan edi. Tashkilot O‘zbekistonda ta’qiqlanganidan siyosiy partiya a’zorlari tomonidan tashkil qilingan bo‘lib u “Tolibon” va “Al-Qoida” terrorchilik guruhlari bilan bog‘liq. Rossiya va O‘rta Osiyo mamlakatlari ushub tashkilotni terrorchi guruh deb e’lon qilgan. 2014-yil oktabrida, tashkilot rahbari Usmon G‘ozi guruhning “Islom davlati” terrorchi tashkilotiga qo‘shilganligini e’lon qildi.

Yangiliklar lentasi
0