Senator: “ID” jangarisining o‘z onasini qatl qilishi - mudhish jirkanchlik

Obuna bo‘lish
Mana shu birgina holat “Islom Davlati”ning butun borlig‘ini yaqqol aks ettiradi, u amalga oshirgan jirkanchliklar bu qatl oldida hech narsa bo‘lmay qoldi, deb ta’kidladi senator Frans Klinsevich. Davlat arbobining so‘zlariga qaraganda, eng mash’um o‘rta asrlar ham hatto bu kabi voqealarga guvoh bo‘lmagan.

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik.  “Islom Davlati” uyushmasining jangarisining o‘z onasini omma ko‘z o‘ngida qatl etishi holati aql bovar qilmas hodisa. “Islom Davlati” Yer yuzidan yo‘q qilib tashlanmog‘i shart, deb ta’kidladi RIA Novostiga Mudofaa va qo‘riqlash yig‘ini qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Frans Klinsevich.

Jihod bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
ID jangarisi jamoatchilik oldida o‘z onasini qatl qildi

“Islom Davlati” jangarilaridan biri Rakka shahrida o‘z onasini omma oldida qatl qildi, deya xabar berdi inson huquqlari bo‘yicha Suriya kuzatuv kengashi. Inson huquqlarini muhofaza qiluvchilarning so‘zlariga qaraganda, yoshi qirqlarda bo‘lgan ayol koalitsiya kuchlari guruh a’zolarining hech qaysini sog‘ qo‘ymasligi yuzasidan 20 yashar o‘g‘lini “Islom Davlati” safini tark etishga va o‘zi bilan birga Rakkadan qochishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan. Yigit bu haqda rahbarlariga ma’lum qiladi va ayol shu zahoti qo‘lga olinadi. 

"Jangari tomonidan tuqqan onasining qatl qilinishi aql bovar qilmas mudhishlik. “Islom Davlati” tomonidan shu kungacha amalga oshirilgan razolatlar bu jirkanch voqea oldida hech narsa bo‘lmay qoldi. O‘rta asrlar hatto bu kabi razilliklar guvohi bo‘lmagan”, —dedi Klinsevich.

Klinskevichning so‘zlariga qaraganda, G‘arbliklar tomonidan “jahannam vakillari” deb nom olgan Iroq va Liviyaning sobiq rahbarlari Saddam Husayn va Muammar Qaddafiylar “Islom Davlati” rahbarlari oldida begunoh bola”, — qo‘shimcha qildi senator.

"Mening aytar gapim shu. Endilikda biz faqatgina qanday qilib “Islom Davlati”ni tezroq Yer yuzidan yo‘q qilish haqida muhokama qilmog‘imiz lozim. Bu jinoiy uyushmaga iloji boricha tezroq barham berilishi shart”, — dedi Klinsevich.

 

Yangiliklar lentasi
0