TOShKENT, 11 yanv — Sputnik, Tatyana Firsova. Shu paytgacha osuda hayot kechirib kelgan Germaniya aholisining Yangi yil oqshomidan e’tiboran tinchi buzildi. Avval xabar berganimizdek, Yangi yil kechasi kuni Germaniyaning nafaqat Koln, balki boshqa shaharlarida ham ayollarga nisbatan ommaviy zo‘ravonliklar uyushtirilgan. Huquqni muhofaza qilish muassasalari ma’lumotlarida, shahvoniy hujum uyushtirganlarning aksariyati shimoliy afrikalik migrantlar bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Westfalen-Blatt nashri xabar berishicha, Germaniyaning Bilefel shahridagi Elephant Clubga Yangi yil oqshomi kuni 500ga yaqin notanish kimsalar yopirilib kirishga harakat qilishgan. Olomon ichidagi erkaklar nemis ayollariga nisbatan behayo hatti-harakatlar sodir etgan: ularning “duch kelgan joylaridan ushlashga harakat qilgan”. Germaniyada bunday hatti-harakatlar jamoatchilik tomonidan qat’iyan ta’qiqlanadi.
"Kuch ishlatish yo‘li bilangina ayollarga yordam berishga muvaffaq bo‘ldik”, xabar qiladi klub Qo‘riqlash xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Yangi yil oqshomidan so‘ng Koln shahri politsiya mahkamalariga 400ga yaqin nemis ayollaridan ularga afrikancha ko‘rinishga ega erkaklar tomonidan zo‘ravonliklar sodir etilgani haqida arizalar kelib tushgan.