Koln meri o‘zining “shilqimlarga chap berish” maslahati uchun uzr so‘radi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishKoln ko‘chalarining biri.
Koln ko‘chalarining biri. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koln ober-burgomistri Genriyetta Reker nemis ayollariga “notanish kimsalardan “uzatilgan qo‘l masofasida” nari yurishni” maslahat bergani uchun uzr so‘radi.

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Germaniyaning Koln shahri meri Genriyetta Reker Facebookdagi sahifasida nemis ayollarini shahvoniy zo‘ravonlikdan saqlash maqsadida ularga bergan maslahati uchun uzr so‘radi. Mer bundan keyin ayollarga o‘zini tutishi borasida maslahatlar bermaslikni va’da qilgan.

Politsiyachilar Gamburg ko‘chasida. - Sputnik O‘zbekiston
Koln merining “shilqimlarga chap berish” usuli nemis ayollarini hayratda qoldirdi

"Agar men o‘z so‘zlarim bilan zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollarning dilini og‘ritgan bo‘lsam, bundan pushaymonligimni aytmoqchiman. Men bundan keyin ayollarga o‘zlarini qanday tutish borasida maslahatlar berishni xohlamayman va bermayman ham”,  — deb yozgan u Facebook sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 7-yanvar kuni Koln ober-burgomistri Genriyetta Reker nemis ayollariga yolg‘iz sayr qilmaslikni va notanish kimsalardan “uzatilgan qo‘l masofasi”da yurishni maslahat berganidan so‘ng, Germaniya ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar “e’tirozlar bo‘roni”da qolib ketgan edi.

Yangiliklar lentasi
0