TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Kolnda Yangi yil oqshomida migrantlar tomonidan sodir etilgan bosqinchilik va boshqa jinoyatlardan keyin Germaniya politsiyasi mamlakat rahbariyatidan migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar haqida ovoza qilmaslik haqida ko‘rsatma olishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Germaniyaning Build gazetasi xabariga asosan.
Nashr xabariga ko‘ra, ko‘rsatmalar Gessen va Shimoliy Reyn-Vestfaliya hududlarida yopiq majlislar doirasida berilgan.
“Chet el fuqarolari yoki qochqinlar tomonidan amalga oshirilgan jinoiy ishlar haqidagi ma’lumotni biz darhol chetga olib qo‘yamiz. Bunday ishlarni ovoza qilmaslik haqida rahbariyat aniq bo‘yruq bergan. Ma’lumotlar faqat matbuot vakillariga to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘rovnoma yuborilganda beriladi”, — deb xabar berdi amaldor shaxs.
Germaniyada har qanday jinoyat haqidagi ma’lumot ham avtomatik tarzda OAVga berilmaydi, deb yozadi Bild, lekin ba’zi bir ishlarning alohida ko‘rib chiqilishi kerakligi va ulardan faqat cheklangan kishilar xabardorligi ajablanarli hol.
Gessen hududi Ichki Ishlar vazirligi vakili Maykl Shexning so‘zlariga qaraganda, muassasaga tegishli matbuot markazlari boshliqlari, qochqinlar haqida salbiy ma’lumotlar tarqatish, millatchi ekstremistlarning barcha konchinlarga qarshi qaratilgan faoliyatida ishlatilishi mumkin. Natijada, haqiqatdan ham yordamga muhtoj qochqinlar zarar ko‘rishi mumkin.
Koln politsiyasi xabariga qaraganda, ular shahar ayollaridan Yangi yil oqshomi “arab va afrikalik ko‘rinishga ega bo‘lgan” erkaklar tomonidan qilingan tajovuz va shilqimliklar haqida 90ta ariza olgan.