Telegraph: "Muammar Qaddafiyning bashorati amalga oshmoqda”

© Commons.wikimedia / James GordonMuammar Qaddafiy.
Muammar Qaddafiy. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Liviya fuqarolik urushi alangasida qolgan bir paytda qiyin vaziyatda qolib ketgan Qaddafiy Buyuk Britaniya Bosh vaziri Toni Blerga qo‘ng‘iroq qilib, diniy radikal guruhlar bilan kurashayotganini va bu borada unga yordam qo‘lini cho‘zmagan Yevropa tez orada bundan pushaymon bo‘lishini bashorat qilgan.

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik.  Liviyada fuqarolik urushi alangasi lovullagan bir paytda qiyin vaziyatda qolib ketgan Qaddafiy Buyuk Britaniya Bosh vaziri Toni Blerga qo‘ng‘iroq qilib, diniy radikal guruhlar bilan kurashayotganini va bu borada unga yordam qo‘lini cho‘zmagan Yevropa tez orada bundan pushaymon bo‘lishini bashorat qilgan, RIA Novosti, The Telegraph nashri asosida.

The Telegraph nashri Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler va sobiq Liviya rahbari polkovnik Qaddafiy o‘rtasida 2011-yil 25-fevralda bo‘lib o‘tgan telefon suhbati stenogrammasini o‘rganib chiqib, Liviya rahbari britaniyalik siyosatchini kelajakda Yevropaga uyushtiriladigan radikal guruhlar hujumidan ogohlantirgan, degan to‘xtamga keldi.

Islom davlati (DAISh) rahbari AbuBakr al-Bog‘dodi - Sputnik O‘zbekiston
ID (DAISh) rahbari Turkiyadan Liviyaga ko‘chib o‘tdi

Ayni paytda Britaniya parlamenti G‘arb siyosatchilaridan farqli o‘laroq, Muammar Qaddafiy uzoqni ko‘ra olgan rahbar bo‘lganligi tan olmoqda.

2011 yilning 25-fevralida Liviya fuqarolik urushi alangasida qolgan bir paytda chorasiz qolgan Muammar Qaddafiy Buyuk Britaniya Bosh vaziri Toni Blerga qo‘ng‘iroq qilib, mamlakatda tobora kuchayib borayotgan “Al-Qoida” jangarilariga qarshi kurashayotganini tushuntirmoqchi bo‘ladi.

"Biz ularga hujum qilganimiz yo‘q, aksincha, ular bizga hujum qilmoqda. Men sizga haqiqatni aytmoqchiman. Bu vaziyat u qadar chigal emas, hammasi oddiy: Shimoliy Afrikada “Al-Qoida” terrorchilik uyushmasining mudrab yotgan bir bo‘lagi bosh ko‘tarmoqda. Ular Amerikada 11-sentabrda terakt sodir etgan terrorchilarga juda o‘xshash", — deb aytgan Qaddafiy.

"Ular [radikallar] qurol-yarog‘ga ega bo‘lib olib, xalq orasida vahima uyg‘otmoqda.  <…> Odamlar uylaridan chiqolmay qolishgan. Ammo biz haqqoniy kartinani ko‘rsatib berolmayapmiz. Chunki Liviyada chet el jurnalistlari yo‘q. Biz barcha mamlakatlarga reportorlarni bu yoqqa yuborishlarini so‘rab murojaat qilganmiz. Ular Liviyaga kelib haqiqatni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari lozim. <…>  Ular qurollangan uyushgan jinoyatchilar guruhidan iborat. Ular bilan murosaga kelishning iloji yo‘q", — qo‘shimcha qilgan Qaddafiy.

"Ular hozir O‘rta Yer dengizida nazorat o‘rnatmoqchi, keyin Yevropaga hujum uyushtiradi", — deb ogohlantirgan o‘shanda Liviya yetakchisi. Bler esa o‘z navbatida ushbu muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish lozimligi haqida gapirgan.

Ushbu suhbatdan uch hafta o‘tib, tarkibida Buyuk Britaniya ham bo‘lgan G‘arb davlatlari koalitsiyasi Liviyaga aviazarbalar uyushtiradi. Natijada, Muammar Qaddafiy taxtdan ag‘dariladi, deb yozadi The Telegraph. Nashrda ta’kidlanishicha, Toni Bler, o‘z navbatida Qaddafiyga ikki bor qo‘ng‘iroq qilgan va uni Liviyadan chiqib ketishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan.

"Qaddafiyning bashoratlari amalga oshmoqda, — deb yozilgan maqolada. — U taxtdan ag‘darilganidan keyin Liviya xonavayron bo‘ldi, mamlakatda fuqarolik urushi alangasi hali ham so‘ngani yo‘q. Liviyaning aksariyat hududi esa “Islom Davlati”ga aloqador radikal guruhlar tomonidan nazoratga olindi…"

Yangiliklar lentasi
0