TOShKENT, 18 dek — Sputnik. O‘zbekiston Havo Yo‘llari Moskva yo‘nalishidagi parvozlariga ulkan chegirma e’lon qildi.
Kompaniya saytida e’lon qilingan ma’lumotga qaraganda, Maxsus chegirmali tariflar faqat 2016-yilning 31-martigacha bo‘lgan parvozlarga amal qiladi. Quyidagi narxlar bo‘yicha, chiptalar 20-yanvargacha sotiladi.
Toshkent/Samarqand/Buxoro/Qarshi/Farg‘ona/Namangan/Andijon – Moskva yo‘nalishiga:
Bir tarafga uchganda eng kam narx – 109 EUR
Ikki tarafga uchganda eng kam narx – 224 EUR
Ushbu narxlarda chiptalar sotish allaqachon boshlandi va u 2016 yilning 20-yanvargacha davom etadi. Joylar soni cheklangan. Parvozning bir qismi amalga oshirilganidan keyin chipta narxi qaytarilmaydi. Parvoz boshlanmasdan oldin chipta qaytarilganda, yoki unga o‘zgarishlar kiritilganida — jarima 50 dollar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Havo Yo‘llarining Moskva va Sankt-Peterburg yo‘nalishlarida chiptalar hech qachon bunday chegirma bilan sotilmagan. Amalda yuqoridagi narxlarga turli xil aeroport yig‘imi va boshqa to‘lovlar qo‘shiladi. Lekin shunday bo‘lsada, chipta narxi odatdagi narxlardan 1,5-2 baravar arzon bo‘lishi kerak.