TOShKENT, 7 yanv — Sputnik, Kseniya Naka. “Yaponiya Mudofaa vazirligi harbiy-havo kuchlari tomonidan chorshanba kuni sinov uchun to‘plangan chang zarralarida radioaktiv moddalar aniqlanmadi. Radiatsiya foni oshishi ham belgilanmadi”, deb xabar qildi Yaponiya atom energetikasi bo‘yicha nazorat Qo‘mitasi, RIA Novosti asosida.
Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni Shimoliy Koreya televideniyasida “ertalab o‘tkazilgan vodorod bombasining ilk sinovi muvaffaqiyatli yakunlandi”, deya e’lon qilingan edi. Xalqaro ittifoq, shu jumladan, eng old yadroviy davlatlar Pxenyan hatti-harakatlarini bir ovozdan qoralashdi.
Yetakchi davlat rahbarlari Shimoliy Koreyada vaziyat kundan-kun ziddiylashib borayotganidan havotir ola boshlaganini ma’lum qildilar. Ammo bir vaqtning o‘zida, Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreyada vodorod bombasi sinovi o‘tkazilganiga ishonmasligini yashirib o‘tirmadi.
“Shimoliy Koreya o‘z qo‘shnilarini va unga xavf tug‘dirayotgan boshqa davlatlarni shu yo‘l bilan “qo‘rqitib” qo‘ymoqchi”, — deb yozildi ko‘pgina nashrlarda.