Shimoliy Koreya «dushmanlarga” vodorodli bomba bilan po‘pisa qilmoqda

© RIA Novosti / Mediabankka o‘tishVodorodli bomba portlashi
Vodorodli bomba portlashi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakat o‘z suverenitetini himoya qilish uchun yadro qurolini ishlatishi mumkin, dedi KXDR rahbari Kim Chen In.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In, Pxenyandagi inqilob davri obidalaridan biriga bo‘lgan tashrifi chog‘ida, respublikada vodorodli bomba yaratilganligi va mamlakat dahlsizligiga kimdir xavf solgan taqdirda, u ishga tushirilishini ta’kidladi, RIA Novosti Koreya Markaziy Telegraf agentligi xabari asosida.

Shimoliy Koreya rahbari, Koreya kuchli yadro quroliga ega bo‘lgan  mamlakatga aylanganini va dahlsizlikni saqlab qolish uchun atom va vodorod bombalarini ishga tushirishga tayyor ekanligini aytdi.

“Koreyani yanada kuchli davlatga aylantirish uchun harakat qilishda davom etamiz. Bizga hech qanday dushman fitna uyushtirishga botina olmaydi”, — dedi KXDR rahbari.

KXDR 2005-yilda o‘zini yadro qurolli mamlakat deb e’lon qildi. 2006, 2009 va 2013-yillarda yadro quroli yer osti sinovlarini o‘tkazdi. Ushbu tajribalar xalqaro hamjamiyatning qattiq noroziligiga sabab bo‘ldi. 2012-yilning dekabr oyida "Kvanmenson-3" sun’iy yo‘ldosh, yuklangan “Inxa-3” raketasi uchirildi. Ko‘pgina mamlakatlar, avvalombor, Yaponiya, AQSh va Janubiy Koreya, chindan ham mintaqalararo ballistik raketa sinovdan o‘tkazildi, deb hisoblaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0