Sog‘liqni saqlash vazirligi uy sharoitida tayyorlangan konservalardan ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishKonservalangan sabzavotlar.
Konservalangan sabzavotlar. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noto‘g‘ri tayyorlangan va saqlangan konservalar o‘ta jiddiy, hatto ba’zan o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan kasallik – botulizmga olib kelishi mumkin.

 

TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Noto‘g‘ri tayyorlangan va saqlangan konservalar o‘ta jiddiy, hatto ba’zan o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan kasallik – botulizmga olib kelishi mumkin, deyilgan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy saytidagi xabarda.Botulizm kasalligidan himoyalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi uy sharoitida tayyorlangan konservalarni iste’mol qilmaslikka chaqirmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, botulizm og‘ir, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin bo‘lgan, ammo kam kuzatiluvchi kasallik hisoblanadi. Bu ovqatdan zaharlanish bo‘lib, odatda zararlangan taomdagi yuqori faollikdagi neyrotoksinlar oqibatida yuzaga keladi. Botulizm odamdan odamga yuqmaydi.

Clostridium botulinum yuqori haroratga chidamli va atrof-muhitda keng tarqaluvchi sporalar ishlab chiqaradi. Kislorodsiz muhitda ushbu sporalar tez ko‘payadi va o‘zidan toksin ajrata boshlaydi. Botulotoksinning 7 ta turi – A – G farq qiladi. Ulardan to‘rt turi (A, B, E va ba’zan F) odamda botulizm kasalligini chaqiradi. C, D va E turlari sutemizuvchilar, qushlar va baliqlarda kasallik paydo qiladi.

Botulotoksinlar organizmga zarur tartibda ishlov berilmagan va bakteriya yoki sporalar tirik qolib, anaerob holatda toksin ishlab chiqargan mahsulotlar iste’moli orqali tushadi. Botulizmning asosiy sababchisi oziq-ovqat intoksikatsiyasidir.

BELGILARI

Kasallik belgilarining sababi faqat bakteriya bo‘lmay, balki u ishlab chiqaruvchi toksinlar ham hisoblanadi. Simptomlar odatda 12-36 soat (kamida 4 soat va uzog‘i bilan 8 kun) o‘tib, yuzaga keladi. Kasallikning ilk belgilari charchoq, holsizlik va odatda ko‘zning xiralashishi oqibatida bosh aylanishi, og‘izning qurishi, shuningdek, yutinish va nutqning qiyinlashishi hisoblanadi. Shuningdek, qayt qilish, diareya, qabziyat va qorinning shishishi ham kuzatilishi mumkin. Kasallik rivojlanib borgani sari bo‘yin va qo‘llarda holsizlik, shundan so‘ng nafas olish mushaklari va tananing pastki qismi mushaklarining zararlanishi yuzaga keladi. Fadajlanish nafas olishning qiynilashuviga olib kelishi mumkin. Harorat ko‘tarilmaydi va hushni yo‘qotish kuzatilmaydi.

Botulizm bilan kasallanish ko‘rsatkichi kam bo‘lsa-da, ammo kasallik holatida darhol to‘g‘ri tashxis qo‘yilmasa va kerakli muolajalar zudlik bilan olib borilmasa, o‘lim bilan yakunlanish ko‘rsatkichi oshishi mumkin. Kasallik 5-10 foiz holatlarda o‘lim bilan tugashi qayd etilgan.

PROFILAKTIKA

Sabzavot bazasidan mahsulot chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hukumati mamlakatga meva va sabzavotlarni avtomobil transportida olib chiqishni ta’qiqladi.

Botulizmning oldini olishda konservalashda zaruriy ishlov talablariga rioya etish yotadi. Konserva mahsulotlarini yoki sanoat sohasida tayyorlangan boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini steril yo‘l bilan isitish (masalan, avtoklavda) bakterial sporalarni inaktivlashtirish yo‘li orqali botulizmning oldini olish mumkin.

Uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlari aksariyat hollarda xavfsizlik talablariga javob bermaydi va yetarlicha tozalanmaydi, ularning xavfsizligi hech bir ko‘rinishda kafolatlanmaydi. Shunga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi respublika aholisini botulizmdan himoyalanish uchun uy sharoitida tayyorlangan konservalardan foydalanmaslikka va sanoatda ishlab chiqarilgan konservalardan foydalanishga chaqiradi!

 

Yangiliklar lentasi
0