O‘zbekiston hukumati mamlakatga meva va sabzavotlarni avtomobil transportida olib chiqishni ta’qiqladi.

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishSabzavot bazasidan mahsulot chiqarish
Sabzavot bazasidan mahsulot chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu qaror 1-sentabrdan kuchga kirdi.

 

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. O‘zbekiston hukumati mamlakatga meva va sabzavot va poliz mahsulotlarini avtomobil transportida olib chiqishni man qilinadi, deyilgan Vazirlar mahkamasi qarorida.

Endilikda meva-sabzavotlarni respublikadan eksport qilish faqat temir yo‘l yoki havo transporti orqali amalga oshiriladi. Ushbu qaror O‘zbekiston bojxonasi ishini samarali va oydin olib borish maqsadida qabul qilingan.

Shu qatorda Hukumat a’zolari maxsus ro‘yxat tuzib unga vijdonsiz ta’minotchilarni kiritish haqida ham qaror qabul qildi.  

Ushbu ro‘yxatga shartnomalardan qarzi bo‘lgan kompaniyalar kiritilib. Keyinchalik ular mamlakatdan mahsulot olib chiqish huquqidan mahrum qilinadilar.  Ro‘yxatdan chiqarish qarzlar to‘langandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.  

Sentabr oyining oxirigacha, Tashqi Iqtisodiy Aloqalar vazirligi yuqorida ko‘rsatilgan eksportchilar  ro‘yxatini tuzish tartibini tasdiqlaydi.  Vazirlik tekshiruv natijasini har oy e’lon qilib turadi.

Undan tashqari O‘zbekiston davlati sug‘urtachilar ustidan nazoratni kuchaytirdi. Bundan buyon sug‘urta mablag‘lari to‘lov muddatlari buzilgan taqdirda jarima to‘lanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0