“Islom Davlati”ning "urush vaziri” o‘ldirildi

Obuna bo‘lish
Dekabr oyi oxirida Ar-Ramadiyda “Islom Davlati”ning “moliya vaziri” qo‘lga olinganligi haqida xabar berilgan edi.

TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Anbar provinsiyasida Iroq Harbiy Havo Kuchlari tomonidan amalga oshirilgan zarba natijasida “Islom Davlati” tarkibida “harbiy vazir” rolini bajargan jangari yo‘q qilindi.

“Iroq Harbiy Havo Kuchlari Hadis shahri yaqinidagi Anbar provinsiyasida amalga oshirgan aviazarbalar natijasida “Islom Davlati”ning “harbiy vaziri” va u bilan birga bo‘lgan uch nafar terrorchi o‘ldirildi”, deyilgan Iroq harbiy qo‘mondonlik ma’lumotlar burosining Facebookdagi sahifasida.

Ma’lumotlar burosi dekabr oyi oxirida “Ar-Ramadiyda “Islom Davlati” terrorchilar uyushmasining "moliya vaziri" qo‘lga olinganligi haqida xabar qilgan edi.

"Al-Arabiya" telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, o‘ldirilgan vazirning ismi Samir Muhammad Matlub al-Maxlaviy yoki qisqacha "Abu Muaz" bo‘lgan. Xabar qilinishicha, u bilan birgalikda Iroq g‘arbidagi eng ko‘zga ko‘ringan terrorchilardan biri Xadvan ar-Raviy ham yo‘q qilingan.

Asirga olingan ID jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Iroq harbiylari ID “moliya vaziri”ni qo‘lga olganliklarini xabar qilmoqda

Iroq armiyasi Anbar provinsiyasida mamlakat Harbiy Havo Kuchlari, xalq lashkari jangchilari va AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya aviatsiyasi ko‘magida terrorchilarga qarshi harbiy operatsiyalarni amalga oshirib kelmoqda. Shu kungacha eng qattiq qarshilik ko‘rsatgan Ar-Ramadiy shahrining 80%ini jangarilardan tozalashga muvaffaq bo‘lindi.

 

Yangiliklar lentasi
0