Iroq harbiylari ID “moliya vaziri”ni qo‘lga olganliklarini xabar qilmoqda

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishAsirga olingan ID jangarilari
Asirga olingan ID jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iroq harbiy axborot burosi xabariga ko‘ra, ID “moliya vaziri” Ramadi shahrida oddiy odamlar orasiga yashirinmoqchi bo‘lganda asirga olingan.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Iroq harbiylari Er-Ramadi shahrida ID “moliya vaziri” bo‘lgan terrorchini qo‘lga olishdi, harbiy qo‘mondonlik axborot burosi xabariga ko‘ra.

“Er-Ramadi aholisi harbiylarga IDning “moliya vaziri” shaharda, oddiy aholi orasida yashirinib yurganini, terrorchilar mag‘lub bo‘lganidan keyin qochmoqchi bo‘lganini xabar berishgan. U qamoqqa olindi”, — deyilgan harbiylar Facebookdagi sahifasida bergan xabarida.    

Dushanba kuni Iroq harbiylari Er-Ramadi shahrini to‘liq ozod qilinganini xabar berdi. Keyinchalik Anbar viloyati gubernatori shahar 80% ga ozod qilinganligini ta’kidladi. Shu o‘rinda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri ham Er-Ramadining bir qismi jangarilardan ozod qilinmaganini xabar berdi.

Hozirgi kunda ID dunyo tinchiligiga xavf solayotgan eng kata xavflardan biri bo‘lib qolmoqda. Uch yil mobaynida terrorchilar Iroq va Suriya hududidan katta maydonlarni egallab olishdi. Undan tashqari ID jangarilari Shimoliy Afrika da ham o‘z ta’sirini kuchaytirishga ulgurishdi.

 

Yangiliklar lentasi
0