TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. “Islom Davlati” terrorchilik uyushmasi yo‘lovchilarni tashuvchi layner va harbiy samolyotni urib tushirishga, shuningdek, masofadan turib boshqariladigan minalangan avtomobillarni yaratishga qodir qurol ishlab chiqarish imkoni paydo bo‘lmoqda, RIA Novosti Sky News telekanali ma’lumoti asosida.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, “Islom Davlati” “poytaxti” sanalmish Rakka shahrida jinoiy uyushmaga ishlaydigan olim hamda harbiy ekspertlar “yer – havo” toifasidagi raketalar uchun qo‘lbola issiqlik akkumulyatorlarini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lganlar.
Telekanal tasarrufiga tushgan videoda G‘arb hukumati tomonidan eskirganligi tufayli hisobdan chiqarilgan minglab raketalar endilikda jangarilar tomonidan safga qaytarilishi mumkinligi aks ettirilgan.
Videoda masofadan turib boshqariladigan minalashtirilgan avtomobil sinovi ham namoyish qilingan.
“Islom Davlati” terrorchilik uyushmasi bugungi kunda dunyo xavfsizligiga tahdid solayotgan eng asosiy yovuz kuchlardan biri hisoblanadi. Uch yil ichida terrorchilar Iroq va Suriyaning kattagina hududlarini egallashga muvaffaq bo‘ldi. Ular shuningdek, Shimoliy Afrikaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishga urinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Islom Davlati” nazoratidagi hudud 90 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi.