Terrorchilar "xalifalik"da nazoratni qay tarzda olib boradilar

Obuna bo‘lish
“ID”jangarilari egallagan shaharlar aholisi kuchli nazorat ostida bo‘ladi. Odamlar shahardan qochish uchun turli nayranglarni qo‘llashga majbur.

TOShKENT, 3 yanv — Sputnik.  Business Insider nashri “ID” jangarilari o‘zlari “qaramog‘ida”dagi shaharlarni tark etmoqchi bo‘lgan aholiga qanday to‘siqlar yaratishini e’lon qildi, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

"Mahalliy aholidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, “Islom Davlati” odamlar qochib ketmasligi uchun “halifalik” chegarasi bo‘ylab xavfsizlik choralarini kuchaytirgan”, yozadi BI nashri.

Jumladan, “ID”ning norasmiy poytaxti hisoblanmish Suriyaning Rakka shahrida istiqomat qiluvchilar terrorchilar tomonidan tuzilgan yangi hukumat ro‘yxatidan o‘tishga majbur. Aholining ta’kidlashicha, jangarilar hatto aholidan pasportlarini tortib olib qo‘ymoqda.

O‘z ismi sir tutilishini xohlagan mahalliy fuqarolardan biri Rakkaga qay tarzda kirib-chiqayotgani, oilasi nima sababdan shaharda qolishga majbur bo‘layotgani boisi haqida so‘zlab berdi.

"Jangarilar 45 yoshgacha bo‘lgan ayollarga va 19 yoshdan kichik bo‘lgan o‘g‘il bolalarga shaharni tark etishlariga ruxsat bermaydi. Ular hozirda shahardagi 14 yoshdan kichik o‘g‘il bolalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rejalashtirgan. Bundan xabar topgan xalq farzandi “ID” safiga qo‘shilishidan qo‘rqib, shaharni tark etish payiga tushib qolgan”, — hikoya qiladi suhbatdosh.

Saudiya Araabistoni Er-Riyod shahri - Sputnik O‘zbekiston
Iroq, Livan va Yamanning shiya musulmon jamoalari Nimr an-Nimrning qatl qilinishidan norozilik bildirishdi

"Terrorchilar nazoratidagi hududda tinch aholi chiqib ketishi mumkin bo‘lgan birgina yo‘l mavjud, va jangarilar bu yo‘lni ma’lum kunlarda, ma’lum vaqtgagina ochadi". 

Suriyalik Ali Leylining gaplariga qaraganda, odamlarga tibbiy yordam olishlari uchun Damashqqa chiqishlariga ruxsat beriladi. Faqat ular avval qaytib kelishi haqida tilxat yozishlari lozim.

BI nashri The New York Times gazetasida chop etilgan reportajdan yana bir misol keltiradi. Unga ko‘ra, terrorchilar nazoratida bo‘lgan Mosul shahri aholisi shaharni tark etmoqchi bo‘lsa, qaytib kelishiga kafil bo‘la oladigan qarindoshlari ismini aytishi shart. Agar fuqaro qaytib kelmasa, qarindoshlari hibsga olinadi.

Ushbu cheklovlar jangarilar tomonidan egallangan hududlarni tark etmoqchi bo‘lgan mahalliy aholini turli xiyla-nayranglar o‘ylab topishga majbur qilmoqda, yozadi nashr.

"Dayr-az-Zaurning yuzlab aholisi, ayniqsa, yoshlari, konrabandistlar tuzgan mahfiy marshrutlar orqali Turkiyaga, u yoqdan esa Yevropaga qochishga muvaffaq bo‘lishgan". 

Odamlarning aksariyatiga shahardan qochishga kontrabandistlar yordam berayotgan bo‘lsa, ba’zi fuqarolarga “Islom Davlati” jangarilarining yordami tegmoqda. Misol uchun, Rakkada tug‘ilib voyaga yetgan va keyinchalik “ID” terrorchilari safiga kirib qolgan ayollardan biri ushbu guruh a’zosi bo‘lgan do‘stidan singlisi ikkalasiga shahardan qochishga yordam berishni so‘raydi. Jangari opa-singilni barcha nazorat punktlaridan eson-omon, hech qanday shubhaga o‘rin qoldirmagan holda, olib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Yangiliklar lentasi
0