TOShKENT, 5 yanv — Sputnik, Aleksey Bogdanovskiy. AQSh prezidentligiga nomzod milliarder Donald Trampning ilk tele-reklamasi dushanba kuni ommaga havola qilindi. Reklama roligida Tramp “Islom Davlati” terrorchilik guruhi rahbarlarini yo‘q qilib tashlashga hamda ular nazoratidagi barcha neft konlarini tortib olishga va’da bergan.
"U tezda “ID”ning “boshini tanidan judo qiladi” va undan neftni tortib oladi” deyiladi tantanali ohangda 30 soniyalik rolikda.
Bundan tashqari, Tramp yana bir bor AQShga musulmonlarni kiritmaslikka chaqirdi. Milliarderning bu g‘oyasi sal avval nafaqat amerikalik, balki chet ellik siyosatchilarning ham keskin noroziligiga sabab bo‘lgandi.
Reklama roligida Tramp AQShga musulmonlarning noqonuniy kirib kelishini to‘xtatishga va’da bergan. Bu uchun u Meksika bilan chegarada o‘z hisobidan devor qurmoqchiligini ma’lum qildi. Reklamaning chegaradan yugurib o‘tayotgan migrantlar aks etgan qismi katta janjalga sabab bo‘ldi. Siyosatchilar va’dalari rostligini aniqlash bilan shug‘ullanuvchi PolitiFact sayti reklamada namoyish qilingan chegara AQShga aloqadormasligini aniqladi. U Morokko va Ispaniyaning quruqlikdagi chegarasi ekani ma’lum bo‘ldi.
Trampning o‘zi “reklamaga muhtoj bo‘lmasam-da, har ehtimolga qarshi suratga olingan ushbu rolik bilan faxrlanaman”, — deb ta’kidladi.