Donald Tramp “Islom Davlati”ni kim tashkil qilganini aytdi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishMilliarder Donald Tramp.
Milliarder Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliarder terrorchilar guruhi tashkil topishida Barak Obama va Xillari Klinton aybdor ekanini ma’lum qilmoqda.

TOShKENT, 3 yanv — Sputnik.  Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Xillari Klinton va Barak Obamani “Islom Davlati” terrorchilik guruhini tashkil qilganlikda aybladi, RIA Novosti xabari asosida.

Donald Trampning chiqishi Associated Press agentligi tomonidan YouTube portaliga joylashtirilgan.

O‘zining g‘alati hatti-harakatlari bilan mashhur Tramp Saudiya Arabistoni hukumati shialar yetakchilaridan biri Nimr an-Nimr qatl etilishi hamda Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasi namoyishchilar hujumiga uchragani yuzasidan o‘z fikrini bildirgan. "Islom Davlatini”ni Xillari Klinton Obama bilan birga yaratdi", — ta’kidladi milliarder o‘z chiqishi davomida.

Samolyotlar milliarder Tramp nomiga samoda haqoratlar yozdilar. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh osmonida Trampni haqoratlovchi yozuvlar paydo bo‘ldi

Alohida ta’kidlash joizki, Tramp va Klinton mamlakatdagi ikki siyosiy partiyaning prezidentlikka nomzod asosiy vakillari bo‘lib, ular o‘rtasida hamisha raqobat mavjud.

Biroz oldin Klinton xonim Trampning "musulmonlarni AQShga kiritmaslik" pozitsiyasini keskin qoralagan edi. "Tramp “Islom Davlati”ning eng yaxshi yollovchisi", degan edi o‘shanda Xillari Klinton.

"Al-Qoida"ga aloqador terrorchilardan biri Trampning "qaynoq" chiqishidagi jumlalardan o‘z video-murojaatida foydalangani Xillarining yuqoridagi so‘zlarni aytishiga sabab bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0