Gazprom 2016-yilda O‘zbekistondan ko‘proq gaz sotib oladi

© Sputnik / Stanislav Koritnikov / Mediabankka o‘tishQoraqumda gaz tayorlash stansiyasi
Qoraqumda gaz tayorlash stansiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya rahbari Aleksey Miller sotib olinayotgan gaz hajmi oshganlinigi tasdiqlab, O‘zbekiston bilan o‘zaro samarali hamkorlikni davom ettirishga umid bildirdi.

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Aleksey Miller, jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda, kompaniya 2016-yilda O‘zbekistondan sotib olinayotgan gaz hajmini oshirishga qaror qilganligini ta’kidladi va O‘zbekistonlik hamkorlar bilan erishilgan keliishuvni yuqori baholadi.

Miller, O‘zbekistondan sotib olinayotgan gaz hajmini oshgani haqidagi ma’lumaotlarni tasdiqlab shunday dedi: “Ha, tasdiqlayman. Gaz sohasida O‘zbekiston bizning ishonchli hamkorimiz. Biz keyinchalik ham ushbu sohasida o‘zaro samarali bo‘lgan hamkorligimizni davom ettiramiz. Tabiiyki, O‘zbekistondan gaz sotib olish hajmi bu yil o‘sadi.”

Dushanba kuni “Turkmengaz” davlat konserni matbuot xizmati “Gazprom Eksport” kompaniyasi 2016-yildan boshlab ulardan gaz sotib olishni to‘xtatganini xabar bergandi.

“Gazprom” va “Turkmengaz” uzoq vaqtdan beri turkmaniston gazining narxi borasida tortishib kelmoqda. 2015-yilning o‘rtasida rasmiy Axshobod “Gazprom”ni sotib olingan gaz uchun pul to‘lamaganlikda aybladi. 2015-yilning iyunida esa Gazprom, Turkmengaz tomonidan gazning narxi qayta ko‘rib chiqilishi munosobati bilan, Stokgolm arbitraj sudiga murojaat qildi.

2015 yilda Gazprom sotib olinayotgan Turkmaniston gazining hajmini 10 milliard kubometrdan 4 millardga kamaytirdi, qolgan hajmini esa o‘z gazi bilan to‘ldirdi.

O‘rta Osiyo - Markaz gaz quvurining qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
“O‘rta Osiyo – Markaz” gaz o‘tkazgichi - sobiq SSSR me’rosi

Gazprom 2001-yildan beri O‘rta Osiyo gaz ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 2014-yilda Gazprom tomonidan O‘rta Osiyoda 29,52 milliard kubometr gaz ostib olingan. Ulardan 10,98 mlrd kubi Turkmanistondan, 7,38 mlrd kubi O‘zbekistondan va 10, 95 mlrd kubi Qozog‘istondan.

Gazprom tomonidan sotib olinayotgan gaz “O‘rta Osiyo – Markaz” (SAS) gaz quvuri orqali transportirovka qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0