“O‘rta Osiyo – Markaz” gaz o‘tkazgichi - sobiq SSSR me’rosi

© Sputnik / Tulchinskiy / Mediabankka o‘tish"O‘rta Osiyo - Markaz" gaz quvurining qurilishi
O‘rta Osiyo - Markaz gaz quvurining qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘rta Osiyo – Markaz” gaz o‘tkazgichi 1967 - 1975-yillarda qurilgan. Uzunligi 5000km ga yaqin gaz o‘tkazgich dunyoda eng yirik gaz o‘tkazgichlardan biridir.

“O‘rta Osiyo – Markaz” gaz o‘tkazgichi

Gaz quvuri qurilishi 1967-yildan 1975-yilgacha davom etgan, va usha davrda u dunyodagi eng yirik gaz o‘tkazgich bo‘lgan. Gaz o‘tkazgich quvurining diametri 1,20 m – 1, 40 mni tashkil qiladi. Ushbu gaz quvuri  O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘iston hududidan Rossiyaning sanoat markaziga gaz yetkizib berish uchun qurilgan. 1985-yilga kelib “O‘rta Osiyo – Markaz” gaz o‘tkazgichi yiligi 80 mlrd kub metr gaz yetkizib berish  quvvatiga ega bo‘lgan.

© Gazprom"O‘rta Osiyo - Markaz" gaz o‘tkazgichi xaritasi
O‘rta Osiyo - Markaz gaz o‘tkazgichi xaritasi - Sputnik O‘zbekiston
"O‘rta Osiyo - Markaz" gaz o‘tkazgichi xaritasi

Hozirgi kunda Rossiya, Qozig‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston ushbu gaz quvuridan birgalikda foydalanmoqda. Mamlkatlar orasida bu borada bir necha bitimlar bor.

O‘zbekiston va Turkmanistndan Gazprom tomonidan sotib olinayotgan gaz “O‘rta Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali transportirovka qilinadi.

© Gazprom"O‘rta Osiyo - Markaz" gaz o‘tkazgichining qurilishi
O‘rta Osiyo - Markaz gaz o‘tkazgichining qurilishi  - Sputnik O‘zbekiston
"O‘rta Osiyo - Markaz" gaz o‘tkazgichining qurilishi
Yangiliklar lentasi
0