O‘zbekistonda uyali aloqa operatorlari daromadiga qarab soliq to‘laydi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishRossiyada iPhone 6 va iPhone 6 plus sotuvga chiqdi
Rossiyada iPhone 6 va iPhone 6 plus sotuvga chiqdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston uyali aloqa operatorlari o‘z faoliyatidan oladigan daromadga qarab soliq to‘laydi.

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. 2016-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston uyali aloqa operatorlari o‘z faoliyatidan oladigan daromadga qarab soliq to‘laydi, deyilgan dushanba kuni e’lon qilingan prezident Islom Karimovning qarorida.

Hujjatga ko‘ra, agar uyali aloqa sohasida ishlaydigan korxona rentabelligi 20% ni tashkil qilsa operator odatiy stavka bo‘yicha — 7,5 % soliq to‘laydi. Daromadning 20 % dan oshgan qismidan 50 % soliq olinadi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi ma’lumotga qaraganda, O‘zbekistonda  2015-yilning oxirida uyali aloqa abonentlari bazasi 21,6 millionni tashkil qilar edi. Bu 2014-yilga qaraganda 1,6 millionga ko‘p.  

Uyali aloqa minoralari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston uyali aloqa tarmog‘ini rivojlantirishga 400 mln $ sarflaydi

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston uyali aloqalar bozorida beshta uyali aloqa operatorlari bor: Bilayn,  Yusell, YuMS, Perfektum va Uzmobayl kompaniyalari. O‘zbekistonda uyali aloqa xizmati asosan GSM standartida ko‘rsatiladi. Perfektum va Uzmobayl kompaniyalari CDMA standartlarida xizmat ko‘rsatadi.

 

Yangiliklar lentasi
0