O‘zbekiston uyali aloqa tarmog‘ini rivojlantirishga 400 mln $ sarflaydi

© Sputnik / Yuriy Lashov / Mediabankka o‘tishUyali aloqa minoralari
Uyali aloqa minoralari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uyali aloqa operatorlari besh yil davomida 7,9 ming dona zamonaviy aloqa minoralari o‘rnatadi. Ular yuqori sifatli HSPA+, 4G LTE standartida ishlaydigan aloqa bilan respublikaning 98% hududini qoplaydi.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. 2016-2020 yillarda respublikaning mobil aloqa tarmog‘ini rivojlantirishga 402,8 mln dollar mablag‘ sarflanadi, deyilgan Respublika Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi xabarida.

Besh uyali aloqa kompaniyalar loyhalari, prezident Islom Karimov tomonidan tasdiqlangan va 2015-2019 yillar davomida O‘zbekiston aloqa infraqurilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan.

Xususan, operatorlar besh yil davomida respublika hududida 7,9 ming dona uyali aloqa minoralari o‘rnatib HSPA+ va 4G LTE texnologiyalarini kiritishadi. Buning natijasida respublika hududining 98% uyali aloqa bilan qoplanadi.

Ushbu yo‘nalishda rivojlanish respublikada uyali aloqa foydalanuvchilarini 67 % dan 90 % ga yetkizishib 2020-yilda abonentlar soni 27 millionni tashkil qilishi kutilmoqda.  

Hozirgi kunda O‘zbekiston uyali aloqa bozorida eng yirik ikki operator mavjud: Unitel (Bilayn) va Coscom (Yusell). 2014-yil 1-dekabrdan respublikada Rossiyaning MTS kompaniyasi ishtirokida yangi operator UMS ishga tushdi.   

Undan tashqari milliy aloqa operatori O‘zbektelekom AJ ham o‘zining GSM aloqa tizimini ishga tushirdi. Oldin milliy operator faqat CDMA tizimida ishlar edi. Uzmobile GSM tarmog‘i hozir faqat Toshkent shahri va viloyatida xizmat ko‘rastmoqda. 2015-yil oxirigacha kompaniya respublikaning boshqa yirik shaharlarida ham GSM aloqasini ishga tushirishni rejalashtirgan.

 

Yangiliklar lentasi
0