Eronlik siyosatchi: Amerika Saudiya Arabistonini to‘xtatishi shart

© AP Photo / Khalid MohammedSaudiya Arabistoni qiroli Abdulla ibn Abdul-Aziz Al Saud.
Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla ibn Abdul-Aziz Al Saud. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Saudiyachilar nazoratni yo‘qotib qo‘ydi”, dedi Amerika-Eron kengashi rahbari Xushang Amirahmadiy, Saudiya Arabistonida 47 kishining qatl etilgani haqida o‘z fikrini bildirar ekan.

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik.  Ommaviy qatl o‘tkazgan Saudiya Arabistoniga qarshi AQSh chora ko‘rishi shart, hisoblaydi siyosiy sharhlovchi, Amerika-Eron kengashi rahbari Xushang Amirahmadiy.  U bu haqda RTga bergan intervyusida ma’lum qilgan, RIA Novosti xabariga ko‘ra.
2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi 47 kishining(shu jumladan taniqli shia targ‘ibotchisi Nimr an-Nimrning) qatl etilishi haqida e’lon qilgan edi.
Siyosatchining ta’kidiga ko‘ra, shia imomiga nisbatan qattiq adolatsizlik qilishgan.

"U (an-Nimr – tahr.) qirollikdagi shialar haq-huquqini himoya qilgan, lekin mamlakat tartibini o‘zgartirish uning rejasida yo‘q edi. U terrorchi emasdi va Saudiya Arabistoni hukumatiga an-Nimr tomondan hech qanday tahdid bo‘lmagan. Shu bois, amalga oshirilgan qatlni ma’nisiz deb hisoblayman. AQSh Ar-Riyod hatti-harakatini og‘zaki tanqid qilib qo‘ymay, unga qarshi amalda choralar ko‘rishi lozim”, — ta’kidladi siyosatshunos.

Amirahmadiyning fikricha, Saudiyachilar oxirgi kunlarda butkul nazoratdan chiqib ketdi. Ular Yaman va Bahraynda shialar yetakchilarini hamda oddiy shialarni o‘ldirmoqda.
"Ularni to‘xtatish lozim. Meni fikrimcha, AQSh hukumati Saudiya Arabistoniga u boshqa bunday davom ettira olmasligini aniq ko‘rsatishi kerak”, — ta’kidladi ekspert.

Musulmonlar qabristoni. XV asr. - Sputnik O‘zbekiston
Shia imomi an-Nimr tanasi oilasiga berilmadi

Amirahmadiyning fikricha, gap Saudiya arabistoni va Eron o‘rtasidagi kelishmovchilik haqida borayotgani yo‘q. “Bu shia va sunniylar o‘rtasidagi mojaro”, —dedi u.
"Islom dunyosi 1,6 milliard kishidan tashkil topgan, ularning aksariyati sunniylardir. Afsuski, dunyoni larzaga solib kelayotgan terrorchilar ham sunniylardan tashkil topgan", — ta’kidlaydi siyosatshunos.
Amirahmadiyning so‘zlariga qaraganda, hech qaysi hukumat ushbu muammoga e’tiborsiz qarashi mumkinmas. Ikki mamlakat o‘rtasidagi qarshilikni bartaraf etish lozim, chunki ular salkam urush yoqasida turishibdi.

Yangiliklar lentasi
0