TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Saudiya Arabistonida qatl qilingan Nimra an-Nimraning akasi targ‘ibotchi tanasi oilasiga berilmasligini aytdi.
Shanba kuni Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi terrorchilikda ayblangan 47 kishi qatl etilishi haqida xabar qilgan edi.
Qatl qilinganlar orasida “Al-Qoida” guruhi yetakchisi Foris az-Zahraniy hamda shia imomi an-Nimr bor edi.
“Saudiya Arabistoni hukumati biz bilan aloqaga chiqib, jafokashlar musulmonlar qabristonida dafn qilingani haqida xabar berishdi. Tanalar qarindosh-urug‘ga berilmasligi ayon bo‘ldi”, — deb yozadi Muhammad an-Nimr Twitter sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, imom an-Nimr 2012-yil 8-iyulda ommaviy norozilik namoyishlari va betartibliklarga undash ayblovi bilan hisbga olingan va 2014-yil oktabrida o‘lim jazosiga mahkum qilingan.